Yangiliklar tasmasi

Superliga. "Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, "Q

03.05.2019, 04:42

Bahsdagi ilk gol 4-daqiqasida mezbonlar tomonidan ochildi. O'ng qanotdan Husniddin G'ofurov tomonidan oshirilgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov darvozaga yo'lladi - 1:0.28-daqiqada maydon egalari ikkinchi bor to'p kiritishdi. Temurxo'ja Abduxoliqovning to'p uzatishidan keyin Diyorjon Turopov birga-bir vaziyatga chiqib borib gol urdi - 2:0.Oradan ikki daqiqa o'tgach qo'qonliklar hisobni qisqartirishdi. Suhrob Berdievning jarimadan uzatgan to'pini Oybek Rustamov darvozaga yo'lladi - 2:1.O'yindagi kulminatsiya 90+1-daqiqada sodir bo'ldi. Davron Hoshimov o'z jarima maydoni ichida Behruz Sa'dulloevni yiqitdi deb topgan Hasan Ro'ziev mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Shahboz Erkinov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi - 2:2.Superliga, 7-tur"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 2:2 02 may 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 2013 tomoshabin. Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Timur Gaynullin, Ibrohim Ismoilov.Nazoratchi: Sardar Najafaliev.Komissar: Zohirbek Akramxonov.Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 4, - 1:0 (Husniddin G'ofurov). Diyorjon Turopov 28, - 2:0 (Temurxo'ja Abduxoliqov). Oybek Rustamov 30, - 2:1 (Suhrob Berdiev). Shahboz Erkinov 90+2 penalti, - 2:2."Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (19.Avazbek O'lmasaliev, 46), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduholiqov (9.Filip Rayevats, 65), 17.Husniddin G'ofurov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyorjon Turopov, 88.Igor Yelich (23.Yovan Jokich, 77).Zaxira: 12.Ma'mur Ikromov, 7.Aziz Haydarov, 14.Aziz Amonov, 71.Arslanmurat Amanov, 72.Bobur Ergashev."Qo'qon 1912": 89.Boyan Knejevich, 7.Jamshid Hasanov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov (17.Behruz Sa'dulloev, 62), 15.Oybek Rustamov, 19.Suhrob Berdiev, 20.Iqboljon Malikjonov, 22.Shahboz Erkinov (21.Timur Usmonov, 90+4), 23.Aleksandr Merzlyakov, 55.Milosh Nikolich (16.Jasur Hasanov, 22), 65.Marko Milich.Zaxira: 1. Islomjon Abdullaev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 25.Sarvar Karimov, 8.Muhammadanas Hasanov, 11.Timur Hakimov, 70.Murod Xolmuhamedov.Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov 29, Temurxo'ja Abduxoliqov 53, Oleg Zoteev 60, Islom To'xtaxo'jaev 90+2.MATNLI TRANSLYaTsIYaYaNGILASh90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" - 2:290+4. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Shahboz Erkinov o'rniga Temur Usmonov90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Shahboz Erkinov penaltidan gol urdi - 2:2. 90+1. PENAL'TI! "Lokomotiv" darvozasi tomon! Bosh hakam Davron Hoshimov Behruz Sa'dulloevni yiqitdi deb topdi 90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.89. ZARBA! Sardor Mirzaevning zarbasi noaniq chiqdi82. Bugungi uchrashuvni 2013 tomoshabin kuzatib bormoqda.78. UXXXXXXXX! Filip Rayevats birga bir vaziyatga chiqib bordi va darvozabonni poyladi!77. O'zgarish. "Lokomotiv". Igor Yelich o'rniga Yovan Jokich tushdi65. O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduholiqov o'rniga Filip Rayevats64. ZARBAAAAAAAAAAAA! Qanday vaziyat! Hoshimovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini O'lmasaliev darvozaga yo'lladi, to'p esa Zoteevga bordi, Olegning 2 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!62. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Javohir Esonqulov o'rniga Behruz Sa'dulloev,60. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Oleg Zoteev53. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov47. Diyorjon Turopovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.46. Ikkinchi taym boshlandi.46. O'zgarish. "Lokomotiv". Jamshid Iskanderov o'rniga Avazbek O'lmasaliev tushdi45+2. Birinchi taym tugadi45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.41. ZARBA! Shahboz Erkinov yaqin masofadan zarba bergandi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi.40. ZARBA! Igor Yelichning zarbasi noaniq ketdi.34. ZARBAAA! Abduxoliqovning uzatgan to'pini Husniddin G'ofurov darvozaga yo'lladi, Knejevich to'pni qaytardi!30. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Oybek Rustamov! 2:1. Jarima to'pidan Suhrob Berdievning oshirgan to'pini Rustamov darvozaga yo'lladi. 28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Diyorjon Turopov 2:0! Abduxoliqovning to'p uzatishidan keyin Turopov birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi. 25. ZARBA! Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasi noaniq ketdi22. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Milosh Nikolich o'rniga Jasur Hasanov tushdi16. ZARBA! Iqbol Malikjonovning kuchli zarbasi noaniq chiqdi15. Xavfli vaziyat! Ro'zievning zarbasidan keyin raqib himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yishiga bir bahya qoldi.7. ZARBAAA! "Qo'qon-1912"dan javob hujumi, ammo Erkinovning zarbasi noaniq ketdi!6. FAKT! Temurxo'ja Abduxoliqov bu mavsum Superligada ketma-ket oltinchi o'yinda gol urishga erishdi. U faqat dastlabki turda gol urmagan edi.5. Eslatib o'tamiz, Abduxoliqov bugun championat.asia sayti talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Temurxo'ja Abduxoliqov 1:0. O'ng qanotdan Husniddin G'ofurov tomonidan oshirilgan to'pni Abduxoliqov darvozaga yo'lladi. 1.Uchrashuv boshlandi!O'yin soat 18:30da boshlanadi.YaNGILASh

Izoh qoldirish
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmadi, siz birinchi bo'lishingiz mumkin! =)