Yangiliklar tasmasi

Sarvar Xolmatov: "Ittifoq-Navoiy" vaqtinchalik jamoa emas"

03.05.2019, 04:42

Biz mazkur jamoa sardori, tajribali futbolchi Sarvar Xolmatov bilan bog'lanib, “Ittifoq-Navoiy"ning kelajakdagi rejalari xususida intervyu tashkilladik.- Klubimiz-O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligida musobaqalarda ishtirok etmoqda - deydi Sarvar Xolmatov. - O'z navbatida jamoamiz vaqtinchalik tashkil etilgan emas, kelajakda yuqori marralarni zabt etishni maqsad qilganmiz. Bu yilgi mavsumda jamoamiz oldidagi vazifa A PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritishdan iborat.Homiylarimiz ko'magi ostida yaqin orada "Ittifoq-Navoiy” jamoasining yangi zamonaviy stadioni va mashg'ulotlar bazasini barpo etish ishlari rejalashtirilmoqda. Klub rahbariyati, xususan Navoiy viloyati Yoshlar Ittifoqi raisi o'zi bosh-qosh bo'lgan xolda mana shu oldimizda bajarilishi oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni nazoratiga olgan. Har bir o'tkazayotgan uchrashuvlarimizda Navoiy viloyati Yoshlar Ittifoqi vakillari ishtirok etib kelmoqdalar.Jamoamiz uy o'yinlarini hozircha Qiziltepa tumanidagi stadionda o'tkazib kelmoqda. "Ittifoq-Navoiy" jamoasi O'zbekiston kubogi bahslarining 1/16 bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Nasib qilsa, astoydil harakat qilib kubok bahslarida imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz. Yaqin kunlarda O'zbekiston kubogi 1/16 bosqichi bahslariga qur'a tashlanadi va navbatdagi raqibimizni bilib olamiz. Hozir bor e'tiborimizni kubok bahslariga qaratganmiz.Bekzod Tolibov yozib oldi

Izoh qoldirish
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmadi, siz birinchi bo'lishingiz mumkin! =)