Yangiliklar tasmasi

"Qo'qon-1912" uchun Toshkentda "Loko"dan ochko olish y

03.05.2019, 04:42

Turnir jadvalining yuqori qismida turgan "Lokomotiv" pastki o'rindagi "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsni doimgidek 4-3-3 taktik sxemada boshladi.Darvozada kutilganidek Javohir Ilyosov, himoya chizig'ining o'ng qanotida Hoshimov, markazda Ismoilov va To'xtaxo'jaev tandemi va chapda Zoteev o'rin oldi.Markazda esa Yelich-Iskanderov-Turopov "uchligi" joylashdi. Qanot vingeri sifatida Mirzaev va G'ofurov maydonga chiqqan bo'lsa, hujumda jamoa to'purari Abduxoliqovga ishonch bildirildi."Qo'qon-1912" jamoasi o'yin boshlanishi oldidan tarkibda jiddiy yo'qotishga duch keldi. O'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotida kutilmaganda jarohati olgan jamoa sardori Murod Xolmuhammedov o'rniga Milosh Nikolich boshlang'ich tarkibga qo'yildi. Natijada Nikolich tayanch nuqtaga joylashtirildi va markazda Milichga tandem sifatida Oybek Rustamov harakat qildi. O'ng qanot himoyasida esa Jamshid Hasanov ko'rinish berdi. No''mon Hasanov ma'lum tanaffusdan so'ng darvozaga legioner posbon Boyan Knjevichni qo'ydi. Himoyaga esa Hasanov-Milich-Rustamov-Merzlyakov "kvarteti" qo'yilgan bo'lsa, markazda Ro'ziev-Nikolich-Malikjonov "trio"si joylashtirildi. Qanotlarda Suhrob Berdiev va Javohir Esonqulov o'ynagan bo'lsa, hujumda Shahboz Erkinov qo'yildi.Mazkur o'yinni boshqarib borish mas'uliyati Hasan Ro'ziev boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi. Ma'lumki, o'tgan turda Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'ynagan "Qo'qon-1912" aynan hakamlarning qo'pol xatosi qurboniga aylangandi. Ya'ni, qo'qonliklar darvozasi tomon noto'g'ri penalti belgilagan Ahrol Risqullaev O'FA tomonidan Superliga o'yinlarini boshqarishdan chetlatildi. Shu boisdan ham mazkur o'yinni boshqarish zimmasiga kimga tushishi ahamiyati yuqori edi. Xususan o'yinga keladigan bo'lsak, bahs tezkor gol bilan boshlandi. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni "Lokomotiv" a'zolari samarali yakunlashdi. Husniddin G'ofurov tomonidan uzatilgan to'pga jamoa to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov aniq zarba berdi va uchrashuvda hisobni ochdi - 1:0.Mazkur goldan so'ng Abduxoliqov chempionat to'purarlari bo'lib turgan Cheran va Polvonovga etib oldi. Qayd etish kerakki, Abduxoliqov ketma-ket 6 o'yindirki maydonni golsiz tark etmayapti. Shuningdek, Temurxo'janing goliga uzatmani amalga oshirgan Husniddin G'ofurov assistentlar ro'yxatida yakka peshqadamga aylandi. G'ofurovning golli uzatmalari soni 4taga etdi.O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Qo'qon-1912" o'yinda tashabbusni o'z qo'liga oldi va faol o'ynay boshladi. Qo'qonliklarning tezkor va xavfli hujumlari soni ancha ortdi. Xususan Esonqulov, Berdiev, Malikjonov, Erkinov "temiryo'lchilar" darvozasini "o'qqa" tutishga urinishdi. Ba'zan zarbalarga aniqlik etishmagan bo'lsa, ba'zi zarbalar Ilyosovga qiyinchilik tug'dirmadi.No''mon Hasanov o'yin boshlanishi oldidan tarkibda yo'qotish va muammoga duch kelgandi va Xolmuhammedov o'rniga Nikolichni tushirgandi. Ammo birinchi bo'lim o'rtasiga kelib tayanch nuqtasida o'ynagan Miloshning harakatlari bosh murabbiyga ma'qul kelmadi chog'i uning o'rniga Jasur Hasanov o'yinga qo'shildi. Mazkur o'zgarishdan keyin Hasanov o'ng qanot himoyasiga o'tdi, bu nuqtada o'ynagan Jamshid Hasanov esa markazga ko'chdi."Qo'qon-1912" jamoasi o'yinda ancha erkin va quvnoq ko'rindi. Lekin yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda futbolchilar omad va mahorat etishmadi. Natijada bo'lim o'rtasida darvozabon va himoyachilarning o'zaro tushunmovchiligi oqibatida navbatdagi qo'pol xato yuzaga keldi. Maydon markazi oldida raqibdan to'pni qabul qilgan Diyor Turopov bemalol oldinga o'tdi va darvozabonni ortiqcha qiyinchiliksiz ortda qoldirdi - 2:0.Himoyadagi qo'pol xato "Qo'qon-1912"ga qimmatga tushdi. Lekin bu gol jamoani izdan chiqarmadi. Aksincha, mehmonlar yanada katta ishtiyoq bilan oldinga o'tishdi. Burchak oldidan belgilangan jarima zarbasidan so'ng Oybek Rustamov boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi - 2:1.Bu vaziyatda birinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Jasur Hasanov standart vaziyatidan yaxshi uzatmani ijro etdi."Lokomotiv" raqib xatolaridan keyin kiritilgan goldan tashqari yana 1-2 vaziyatlar yaratishni uddasidan chiqdi. Ammo umumiy planda raqiblaridan ko'ra zerikarliroq ko'rindi. Jamoa tashabbusni raqibga topshirgan holda ko'proq natijadan kelib chiqib o'ynashni ma'qul ko'rdi. Amaldagi chempionlarga birinchi bo'limda ijodkorlik etishmadi. Bunga qaysidir ma'noda "Qo'qon-1912" jamoasi ham yo'l qo'ymadi.Natijada jamoalar tanaffusga "Loko"ning kichik ustunligi bilan chiqib ketishdi.Ikkinchi taymni "Loko" ustozi Andrey Fyodorov o'zgarish bilan boshladi. PFL reglamentida majburiy qilib qo'yilgan shartni bajarish maqsadida "Loko" tarkibida Jamshid Iskanderov o'rniga Avazbek O'lmasaliev tushirildi.Tanaffusdan keyin o'yin tempi biroz pasaydi. Jamoalar jismonan toliqib qolishgani tufayli pozitsion hujumlar va uchrashuv tezligi ancha sekinlashdi. "Qo'qon-1912" asosan o'yin tizgini qo'lga olib, hisobni tenglashtirishga harakat qilgan bo'lsa, "Loko"da qarshi hujumlarda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi.Birinchi taymda vaziyatlar yaratish borasida mehmonlar ustunlik qilishgan bo'lsa, ikkinchi taymda "Loko"da darvozani ishg'ol etish uchun imkoniyatlar ko'proq tug'ildi. Ayniqsa G'ofurov-Hoshimov-Zoteev "uchligi" tashkil etgan kombinatsiyaga yakuniy nuqtani qo'yishdi Oleg adashdi. Zoteev taxminan 2 metrlar masofadan darvozaning yaqin burchagini nishonga ololmadi.Shuningdek, zaxiradan maydonga tushgan Raevatsda ham qator vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq legioner hujumchi hisobni oshirish uchun tug'ilgan vaziyatlarni ko'kka sovurish bilan band bo'ldi."Qo'qon-1912" esa bor kuchi bilan vaziyatni o'nglash uchun intildi. Biroq chinakamiga xavfli vaziyatlar yaratishda ikkinchi bo'limda jamoaga kuch va keskinlik etishmadi. No''mon Hasanov tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan Behruz Sa'dilloev o'yinga biroz tezlik va keskinlik qo'shdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda aynan Sa'dilloevning jonbozligi va faolligi evaziga qo'qonliklar penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Erkinov va Sa'dilloev kombinatsiyasidan so'ng Behruz jarima maydonchasiga kirish chog'ida Hoshimov tomonidan chalindi. Natijada uchrashuvni boshqarib borgan Hasan Ro'ziev avvaliga yon hakamga qaradi, ammo laynsmendan kerakli ishorani qabul qilmagan referi o'z ko'rganiga ishonib "nuqta"ni qo'rsatdi. "Qo'qon-1912"ning sardori va shtatli penaltichisi sanalgan Murod Xolmuhammedovning safdan chiqib qolishi natijasida "nuqta"dan to'pni tepish majburiyati "Loko"ga qarshi bahsda jamoani sardorlik bog'ichi bilan boshlab tushgan Shahboz Erkinov zimmasiga tushdi. Jamoa nayzasiga aylanib ulgurgan Shahboz Erkinov esa "nuqta"dan adashmadi va "Qo'qon-1912"ga qimmatli 1 ochko keltirgan durangni rasmiylashtirgan muhim golni urdi - 2:2. Natijada "Qo'qon-1912" uyga qimmatli 1 ochko bilan qaytgan bo'lsa, chempionlik uchun kurashayotgan "Loko" o'z devorlari qarshisida qimmatli 2 ochkodan ayrildi.Qizig'i, o'tgan mavsum ham aynan "Qo'qon-1912" "Loko" maydonida durang qayd etib, amaldagi chempiondan ochko olishni uddalagandi. Bugun ham No''mon Hasanov boshqaruvidagi jamoa o'sha eski ishini takrorlashni uddaladi."Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 2:2 02 may 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 2013 tomoshabin. Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Timur Gaynullin, Ibrohim Ismoilov.Nazoratchi: Sardar Najafaliev.Komissar: Zohirbek Akramxonov.Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 4, - 1:0 (Husniddin G'ofurov). Diyorjon Turopov 28, - 2:0 (Temurxo'ja Abduxoliqov). Oybek Rustamov 30, - 2:1 (Suhrob Berdiev). Shahboz Erkinov 90+2 penalti, - 2:2."Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (19.Avazbek O'lmasaliev, 46), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduholiqov (9.Filip Rayevats, 65), 17.Husniddin G'ofurov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyorjon Turopov, 88.Igor Yelich (23.Yovan Jokich, 77).Zaxira: 12.Ma'mur Ikromov, 7.Aziz Haydarov, 14.Aziz Amonov, 71.Arslanmurat Amanov, 72.Bobur Ergashev."Qo'qon 1912": 89.Boyan Knejevich, 7.Jamshid Hasanov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov (17.Behruz Sa'dulloev, 62), 15.Oybek Rustamov, 19.Suhrob Berdiev, 20.Iqboljon Malikjonov, 22.Shahboz Erkinov (21.Timur Usmonov, 90+4), 23.Aleksandr Merzlyakov, 55.Milosh Nikolich (16.Jasur Hasanov, 22), 65.Marko Milich.Zaxira: 1. Islomjon Abdullaev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 25.Sarvar Karimov, 8.Muhammadanas Hasanov, 11.Timur Hakimov, 70.Murod Xolmuhamedov.Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov 29, Temurxo'ja Abduxoliqov 53, Oleg Zoteev 60, Islom To'xtaxo'jaev 90+2. Lokomotiv Temurxo'ja Abduxoliqov - 4', Diyor Turopov - 28' Superliga. 7-tur 02/05/2019, 18:30 2 : 2 Tugadi Qo'qon-1912 Oybek Rustamov - 30', Shahboz Erkinov - 90' 45' 90' 4'  Temurxo'ja Abduxoliqov4'  Husniddin G'ofurov28'  Diyor Turopov28'  Temurxo'ja Abduxoliqov29'  Diyor Turopov46'  Jamshid Iskanderov (Avazbek O'lmasaliev)53'  Temurxo'ja Abduxoliqov60'  Oleg Zoteev65'  Temurxo'ja Abduxoliqov (Filip Rayevats)77'  Igor Yelich (Yovan Jokich)22'  Milosh Nikolich (Jasur Hasanov)30'  Oybek Rustamov30'  Suhrob Berdiev62'  Javohir Esonqulov (Behruz Sa'dullaev )90'  Shahboz Erkinov90'  Shahboz Erkinov (Temur Usmonov) Match-tsentrda ochishXulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, birinchi bo'limda garchi "Loko" hisobda oldinda borgan bo'lsada, o'yin taraflama qo'qonliklar ijodkorroq va faollik bilan o'ynashdi. Kezi kelganda "Qo'qon-1912" jamoasi birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildi. Ikkinchi taymda esa "Qo'qon-1912" o'yinida keskinlik kamaydi, "Loko"da esa asosan qarshi hujumlarda imkoniyatlar ko'paydi. Biroq yaratilgan vaziyatlardan birinchi bo'limda "Qo'qon-1912" foydalana olmagani singari mezbonlardan bulardan naf chiqara olishmadi. Natijada ikkinchi taym so'nggida gol bilan siylanishdi. "Qo'qon-1912" jamoasi "Loko" maydonida ko'rsatgan o'yini bilan kamida ochko bilan qaytishga munosib o'ynadi. Yakunda buni uddaladi ham. "Loko"da esa ko'p o'yinlarda kuzatilgani kabi barqarorlik etishmayapti. Jamoa birinchi bo'limni yaxshi o'tkazsa, ikkinchi taymda oqsamoqda yoki aksincha. Bugun esa o'yindagi ushbu beqarorlik natijada ham o'z ta'sirini ko'rsatdi.TURNIR JADVALIMazkur durangdan so'ng "Qo'qon-1912" jamoasi ochkolar sonini 6taga oshirib xavfli hududni "Qizilqum"ga bo'shatib berdi va 12-pog'onaga ko'tarilib oldi. "Loko" esa peshqadam "Paxtakor"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.O'YINDAN KEYINGI FIKRLARAndrey Fyodorov ("Lokomotiv" bosh murabbiyi): "Bunday o'yin haqida bir narsa deyish menga mushkul. O'zimiz istagan o'yinni namoyish etolmadik. Alam qilgani oxirgi daqiqalardagi penalti va boy berilgan g'alaba. Agarda bugungi o'yinda yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, unda o'yin taqdiri ancha avval hal etilardi. Afsuski bu futbol va unda gol urmasang, senga gol urishadi. Ochig'i, mazkur o'yin haqida batafsil gapirishga tayyor emasman".Diyor Turopov ("Lokomotiv" yarim himoyachisi): "G'alabani boy berilganiga faqat o'zimiz aybdormiz. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish kerak edi".No''mon Hasanov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi): "Tomoshabop o'yin bo'ldi. Har ikkala jamoa paslar orqali chiroyli futbol ko'rsatishdi. Bu esa o'yinni bezadi. Ochig'i, men bugungi o'yinda to'p uzatmalarni oshirib, futbolchilar ochilib o'ynashganidan xursand bo'ldim. Birinchi bo'limda bizda, ikkinchi taymda "Lokomotiv"da gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Agarda bulardan naf chiqara olinganida, unda tablodagi hisob bundanda kattaroqqa aylanib ketishi mumkin edi.  Yakunda durang natijasi qayd etildi. O'ylashimcha, "Loko" ko'plab o'yinlar o'tkazgani ta'siri bilindi. Ya'ni, jamoa toliqib qolgan. Yomon o'ynamadik. Ammo vaziyatlardan foydalanish borasida muammolar bor. Bugun muxlislarga yoqadigan ochiq o'yin guvohiga aylandik".

Izoh qoldirish
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmadi, siz birinchi bo'lishingiz mumkin! =)