Yangiliklar tasmasi

Andrey Fyodorov: "Qaytaraman, men bu haqida gapirishni istamayman&quo

03.05.2019, 04:42

- Bunday o'yinni muhokama qilish qiyin. Bugungi o'yin biz istagandek o'tmadi. So'nggi daqiqalardagi penalti tufayli ochko yo'qotganimiz juda alamli bo'ldi. Agarda biz vaziyatlardan foydalana olganimizda o'yin ertaroq yakunlanardi. Futbol shunday, vaziyatdan foydalanmasang, sening darvozangni ishg'ol qilishadi.- Jamoada barqarorlik etishmayapti. Jamoa butun bir o'yinni barqaror o'tkazish uchun nima etishmayapti?- Barqarorlik.- O'yin yakunlanganidan keyin futbolchilar bosh hakamga qarsak chalishdi...- Men bu haqida gapirishni istamayman.- Futbolchilar bilan bu borada gaplashdingizmi?- Qaytaraman, men bu haqida gapirishni istamayman.Diyorjon Turopov: - Durangda o'zimiz aybdormiz. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Keyingi o'yinlarda bunday qilish yaramaydi. Oldinda o'yinlar juda ko'p. Mavsum hali oldinda. Bugungi yo'l qo'ygan xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilamiz.

Izoh qoldirish
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmadi, siz birinchi bo'lishingiz mumkin! =)